
Elina Svitolina va Karolina Plishkova yarim finalda
Singapurda ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "BNP Paribas WTA Finals" turnirining oq guruhida barcha uchrashuvlar yakunlandi.
Ushbu guruhning uchinchi turida ukrainalik tennischi Elina Svitolina daniyalik Karolin Voznyatskini 5:7, 7:5, 6:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, chexiyalik Petra Kvitova hamyurti Karolina Plishkovaga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa oq guruhidan yarim finalga Elina Svitolina va Karolina Plishkova yo‘l oldi.
Fikrlar